Superkompyuter "Manchester Siti"ning oltinchi APL chempionligini bashorat qildi

Aslanov Jasurbek
6 dek 2021
FiveThirtyEight superkompyuteri tomonidan bashorat qilingan so'nggi jadvalga ko'ra, "Siti" Gvardiola qo'l ostida to'rtinchi chempionlikni qo'lga kiritadi.

Unga ko'ra, "Siti" turnirni 87 ochko bilan yakunlanaydi, ikkinchi o'rindagi "Liverpul" ulardan atigi bir ochko, uchinchi o'rindagi "Chelsi" esa sakkiz ochko kam jamg'aradi.

Superkompyuterning prognozlariga ko'ra, garchi Ralf Rangnik "qizillar" boshqaruviga kelgan bo'lsa-da, "Manchester Yunayted" kuchli to'rtlikdan o'rin egallay olmaydi.

Qizig'i shundaki, o'tgan mavsumda omadsizlikka uchragan "Vest Xem" bu mavsum Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

"Arsenal" oltinchi o'rinni, "Tottenxem" esa ettinchi pog'onani egallaydi.

Yana bir jihat, ushbu mavsum "cho'ntagini qappaytirgan" "Nyukasl" chempionatda jon saqlab qola olmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News