"Suonsi" ustozi: "Mourinyo - portugal futboli qiroli"

Tolibjon Qosimov
30 mar 2018, 20:08
"Suonsi" bosh murabbiyi Karlos Karvalxal "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldin Joze Mourinyoga yuqori baho berdi.

"Joze - portugal futboli qiroli. U "Portu" tarixidagi eng yaxshi murabbiy. U portugal murabbiylarining yangi avlodi uchun xorijda ishlash eshiklarini ochgan. U dunyoga portugaliyalik mutaxassislar g'oyalarini ochib berdi.

U jangchi. U g'oyalar o'yinida juda kuchli. Unga mana shu teatr yoqadi, shuning uchun u o'zini shunday tutadi va odatda ushbu kurashda g'olib bo'ladi. Men esa boshqacharoqman, men bu teatrdan chetda qolishni afzal ko'raman", - dedi Karvalxal.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com