"Suonsi" "Liverpul" hujumchisini ijaraga oldi

8 yanv 2020, 00:17
"Liverpul" forvardi Rian Bryuster joriy mavsum oxiriga qadar "Suonsi" klubida to'p tepadigan bo'ldi.

Bu haqida Uels klubi rasmiy sayti ma'lum qildi. Bryuster ijara asosida "Suonsi"da o'ynaydi va mavsum yakuniga etgach Mersisayd klubiga qaytadi.

Ma'lumot uchun, Bryuster joriy mavsum "Liverpul" safida uchta uchrashuv o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: swanseacity.com