"Suonsi" Fabianskining qizil kartochkasiga apellyaciya berdi

Narzulla Saydullayev
8 dek 2014, 23:30
"Suonsi" klubi Angliya Futbol Assotsiatsiyasiga o'z darvozaboni Lukash Fabianskining qizil kartochkasi bo'yicha apellyaciya berdi.
Polshalik posbon "Vest Xem"ga qarshi o'yinning 68-daqiqasida maydondan chetlatildi. Uchrashuvda "Suonsi" 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Lukash jarima maydoni tashqarisida raqib hujumchisi Diafra Sakoni qo'li bilan ushlab to'xtatib qoldi.

Uchrashuvdan so'ng "Suonsi" ustozi Garri Monk qizil kartochka nohaq berilganini aytib o'tdi. Bugun Uels klubi bosh hakam Kris Foyning qaroriga nisbatan apellyaciya berdi.

"Qizil kartochka berilgan vaziyatga e'tibor qiling. Raqib futbolchisi to'pni qo'li bilan o'ynadi. Eshli (Uilyams) xato qildi lekin raqib to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun o'yin to'xtatilishi kerak edi. Bundan tashqari o'sha vaziyat yaqqol golli vaziyat emasdi", - deydi Monk Daily Mail nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru