Suness: "Messining Argentina bilan JCH-2022 finaliga chiqishi taqdirga bitilgan"

Sherzod Nurmatov
19 noya 2022
"Liverpul" sobiq bosh murabbiyi Grem Sunessning fikricha, PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o'z terma jamoasi bilan Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati finaliga qadar etib boradi.

"Agar Messi eng yaxshi o'yinini ko'rsatsa, Argentina terma jamoasi o'zgaradi. O'ylaymanki, bu uning so'nggi Jahon chempionati bo'ladi.

Aytgancha, agar Messi jamoasi bilan finalga chiqsa, bu uning 1000-o'yini bo'ladi. Menimcha, taqdirning o'zi bu ssenariyni yozgan", – dedi Suness.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail