Sulsherning iste'fosi raqamlarda

Mirjalol Normatov
21 noya 2021, 17:30
"Manchester Yunayted" rasmiy ravishda Ole-Gunnar Sulsherning iste'fosini ma'lum qildi.

Ushbu mavsumda jamoa o'zining eng yomon natijalarini qayd etmoqda.

12 o'yinda 17 ochko - MYU mavsumni shunday boshladi. Bu ikkinchi eng yomon natija hisoblanadi. Eng yomon qachon bo'lgan deysizmi? 2019/20 yilgi mavsum Sulsher qo'l ostida jamoa 12 o'yinda 16 ochko jamg'argandi.

12 o'yinda 21 o'tkazib yuborilgan gol - bunaqasi tarixda bo'lmagandi.

O'z maydonida ketma-ket 14 o'yinda gol o'tkazib yuborilishi - jamoa 1950-yillardagi antirekordini takrorlashga yaqin turibdi.

6-15 - MYUning so'nggi 5 o'yinidagi gollar farqi. Shulardan 3tasida jamoa 3+ gol o'tkazib yubordi (shunda ham De Xea jamoasini juda ko'p vaziyatlarda qutqardi).

Ayni damda mankunianliklar APL turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda. Peshqadam bilan farq 12 ochkoga teng.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia