Sulsher - Sanchesga: "Sen mening jamoamga loyiq emassan"

Mirjalol Normatov
3 may 2020
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher futbolchi Aleksis Sanchesning jamoadan kyetishini boshidanoq istagan.

Chililik futbolchi mashg'ulotlarda Meyson Grinvud bilan janjallashib qolgan. "the Athletic" jurnalisti Endi Mittenning yozishiga ko'ra, o'shanda Aleksisning MYUdagi taqdiri hal bo'lgan.

"Olening o'sha paytdagi qarorlarini to'g'ri tushunish kerak. U o'z yo'lini tanladi.

Aleksis Sanchesga qarang. U mashg'ulotda Grinvud bilan janjallashib qoldi va o'shanda Sulsher unga qarab qattiq baqirgandi: "Sen mening jamoamga loyiq emassan, kelasi mavsumda bu yerda bo'lmaysan". Shundan keyin Sanches "Inter"ga ijaraga berib yuborildi, Grinvud esa tarkibda qoldi", - deb yozadi jurnalist.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: the Athletic