Sulsher Ronaldu va Salohni taqqosladi

Aslanov Jasurbek
22 okt 2021
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Krishtianu Ronaldu va "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohni solishtirishlari haqida gapirdi.

"Har qanday bahsda doim Krishtianu Ronaldu tarafida bo'laman. Uning statistikasi aql bovar qilmas darajada. Shunga qaramay, hozirda Muhammad Salohning o'yini olov singari lovullamoqda. Unga qarshi qo'limizdan kelganicha himoyalanishimiz kerak. Biz faqat Salohga qarshi chora topa olishimiz kerak bo'ladi.

Men "Liverpul" hujum chizig'ining ashaddiy muxlisiman. Ularga qarshi to'p o'tkazib yubormaslik uchun 95 daqiqa katta ko'lamda ishlashimiz kerak.

"Liverpul" - so'nggi to'rt yil davomida biz taqib qilayotgan jamoalardan biri. Ularning darajasiga yetish uchun oldinga intilishimiz kerak", - dedi Sulsher.

Ronaldu joriy mavsum APLda 5 o'yinda 3 ta gol urdi. Saloh esa chempionatning 8 o'yinida 7 gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" - "Liverpul" uchrashuvi 24 oktyabr, yakshanba kuni soat 20:30 da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВВС