Sulsher: "Ronaldu har doim o'ynashni xohlaydi, lekin buning iloji yo'q"

Sherzod Nurmatov
23 sen 2021, 19:42
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher hujumchi Krishtianu Ronalduning o'yin vaqti cheklanishi haqida ogohlantirdi.

"U jamoamizga kelganidan so'ng o'zgarishlarni his qila boshladi. Biroq albatta, oldinda uzoq mavsum bor. Ronaldu har doim o'ynashni xohlaydi, lekin menimcha, buning iloji yo'q", – dedi Sulsher.

Ronaldu qishda 37 yoshga to'ladi. U "Manchester Yunayted"ga qaytganidan buyon 3 o'yinda 4 ta gol urdi.

Murabbiylar shtabining qaroriga binoan, portugaliyalik Angliya liga kubogi doirasidagi "Vest Xem"ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi, "qizil iblislar" esa turnirdan chiqib ketdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Metro