Sulsher Pogbaning yangi shartnomasi haqida: "Biz eng yaxshi o'yinchini jamoada saqlab qolishni xohlaymiz"

Alisher
9 iyul 2020, 12:40
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher yarim himoyachi Pol Pogbaning yangi shartnomasi haqida gapirdi.

"Men bu jarayonga izoh bera olmayman, ammo albatta aytishim kerakki, biz eng yaxshi o'yinchini jamoada saqlab qolishni xohlaymiz", - deydi Sulsher.

Qayd etish kerakki, tez orada MYU rahbariyati Pogbaning agenti Mino Rayola bilan uchrashuv o'tkazadi va fransiyalik xavbekning shartnomasini uzaytirish borasida ilk taklifni beradi.

Eslatib o'tamiz, Pogba 2016 yildan beri MYU sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/fabriziorom