

Avvalroq, Pol Pogbaning Yuventusga qaytishi yoki Realga o'tishi hamda Romelu Lukakuning Inter bilan muzokaralar o'tkazayotgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.
Futbolchilarimiz haqida va ularning rejalari to'g'risida ko'p bor suhbat o'tkazganmiz. Bu men uchun oddiy biznes. Men Pol bilan ham Romelu bilan ham gaplashdim. Menga ma'lum bo'lishicha, hozirda hech qaysi futbolchimizga boshqa jamoa tomonidan taklif kelib tushmagan. Pol esa xuddi boshqa o'yinchilar kabi klub bilan uzoq yillik shartnomaga ega hisoblanadi – deya qayd etgan Sulsher.



