Sulsher: "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo'lish hayolimga ham kelmagandi"

Mirjalol Normatov
8 apr 2021, 23:28
"Manchester Yunayted" ustozi Ole-Gunnar Sulsher ushbu klub bosh murabbiy bo'lishini tasavvur ham qilmaganligini ta'kidlab o'tdi.

- "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolaganimda professional futbolchi bo'li orzuim bo'lgandi. Juda ajoyib futbol karerasiga ega bo'ldim, shu boisdan klubdan juda ko'p narsa qarzdorman.

- Futbolchilik davringizda "Yunayted"ning bosh murabbiyi bo'lishni orzu qilganmisiz?
- Menga "Futbol menejeri", "Chempionat menejeri" kabi o'yinlar juda ham yoqardi. O'zimni murabbiy sifatida tasavvur qilganman. Ammo "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo'lish hayolimga ham kelmagandi, - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/manutd