Sulsher Lingardni saqlab qolmoqchi

Alisher
19 yanv 2021, 13:28
MYU bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher Jessi Lingardning joriy transferlar oynasida klubdan ketishini xohlamayapti.

Norvegiyalik mutaxassis mavsumning qolgan qismidagi tig'iz taqvim tufayli yarim himoyachiga ehtiyoj sezmoqda.

O'z o'rnida, Jessi Lingard o'yin amaliyoti yetishmovchiligi sabab "qizil iblislar" tarkibini tark etmoqchi.

Futbolchi joriy mavsum 3ta o'yinda maydonga tushdi. Lingardning "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN