Sulsher: "Fantastika. Bu MYU"

Tolibjon Qosimov
7 mar 2019, 05:18
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher YCHL nimchorak final javob bahsi doirasida PSJ ustidan qozonilgan safardagi g'alaba (3:1)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Fantastika. Yigitlardagi ishonch - bu biz umid qilgan narsa edi.

Biz zo'r boshladik, tezkor gol urishni rejalashtirgan edik, lekin bu 2-daqiqadayoq ro'y beradi deb o'ylamagandik. Bu o'yinni ochdi, biz ko'proq gol urishni xohlagan edik".


- Reshford hal qiluvchi penaltini 92-daqiqada kiritdi.

- Penalti tepayotganda har doim shubha bo'ladi. Men "Molde" bilan birga Chempionlar ligasida o'ynaganimda mening futbolchim penaltidan gol ura olmagan va biz "Bazel"ga imkoniyatni boy berib musobaqani tark etgan edik.

Reshford 21 yosh, unga bosim o'tkazishdi. Lekin, u asabiylashmadi, u qo'rqmadi. U va Lukaku bugun fantastik o'ynashdi.

Bu Chempionlar ligasi. Biz jamoa bilan kechagi "Real" va "Ayaks" o'yinini muhokama qildik. O'tgan mavsum "Yuventus" va "Real", shuningdek aynan PSJ va "Barselona" o'yinlarida kambeklar ro'y bergandi.

Biz kambeklar qilamiz, bu MYU!

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bbc.com