Suhrob Sarimsoqov: "Paxtakor-2" biz uchun eng noqulay raqib"

Narzulla Saydullayev
29 may 2016, 11:30
"Oq-tepa" - "Paxtakor-2" uchrashuvidan so'ng mezbonlar vakili Suhrob Sarimsoqov o'z fikrlarini bildirdi.
"Paxtakor-2"ga qarshi o'yin qiyin bo'lishini bilardik, sababi bu jamoa "Oq-tepa" uchun eng noqulay raqib. Buni statistika ham aytib turibdi. O'tgan yil ham ilk turda bu jamoaga mag'lub bo'lgandik. Bu qora ananani buzmoqchidik. Uchrashuvda birinchi bo'lib gol urdik, ammo ikkita gol o'tkazib yutqazib qo'ydik. Keyingi o'yinlarda yo'qotilgan ochkolarni o'rnini qoplashga urinamiz", - deydi Sarimsoqov.

"Oq-tepa" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia