

Muxlislar yaxshi bilishsa kerak, 32 yoshli yarim himoyachi mavsumni PRO-Liga vakili “Surxon” jamoasida boshlagandi. Yozgi transfer chog'ida termizliklar bir qator yetakchi futbolchilari bilan xayrlashdi. E'tiborlisi ularning orasida Ne'matov ham o'rin olgandi. Shunga qaramay, Suhrob ko'p vaqt jamoasiz qolgani yo'q. Sababi “Buxoro” bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev tajribali futbolchini yana jamoasiga qaytardi. Endilikda u yana Superligada o'ynamoqda.

Yana shuni ham aytib o'tish lozimki, davralar oralig'ida "Buxoro"ga iqtidorli futbolchi Elbek Ravshanovni qaytgani haqida xabar berilgandi. Ammo keyinchalik 22 yoshli futbolchi "Surxon"ga o'tishga qaror qilgan.



