Suares: "Ronaldu muhim sovrinlarni qo'lga kiritdi, ammo Messi hammadan ancha kuchliroq"

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2016, 17:45
"Barselona" hujumchisi Luis Suares jamoadoshi Lionel Messini jahonning eng kuchli futbolchisi deb atadi.

"Ha, Ronaldu muhim sovrinlarni qo'lga kiritdi, ammo Messi jahonning eng kuchli futbolchisi ekanligiga zarracha shubham yo'q. Leo "Oltin to'p"ni kiritadimi yoki yo'qmi, har qanday holatda ham u hammadan kuchliroq. Hech kim u kabi o'yinga ta’sir o'tkaza olmaydi. Messi Agrentina terma jamoasi bilan Amerika Kubogini qo'lga kirita olmadi, lekin uning hisobida "Barselona" bilan yutilgan ko'plab sovrinlar bor. Shu sababli u "Oltin to'p"ga munosib" - deydi Suares.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal