Suares o'zi o'ynagan barcha La Liga klublari darvozasini ishg'ol qildi

Aslanov Jasurbek
11 mar 2018, 08:21
“Barselona” hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionati doirasidagi “Malaga”ga qarshi kechgan (2:0) o'yinda hisobni ochib bergan golga mualliflik qildi.

E'tiborlisi, urugvaylik forvard o'zi o'ynagan barcha La Liga klublari darvozasiga gol kiritishni uddaladi. Suares “Betis” jamoasi darvozasiga 9, “Deportivo” va “Sporting” klublariga esa 8tadan to'p kiritgan. 

Uning qolgan gollari quyidagicha ko'rinishda bo'ldi:

7 – “Espanol”, “Eybar”

6 – “Las-Palmas”

5 – “Real”, “Atletik”, “Granada”

4 – “Selta”, “Valensiya”, “Kordoba”, “Jirona”

3 – “Atletiko”, “Real Sosedad”, “Vilyarreal”, “Xetafe”, “Alaves”, “Leganes”, “Lavante”, “Rayo Valekano”

2 – “Sevilya”, “Almeriya”

1 – “Osasuna”, “Malaga”.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif