Suares "Nasonal"ga o'tayotganini tasdiqladi

Aziz Tukhtamuradov
27 iyul 2022
Luis Suares Urugvayning "Nasonal" jamoasiga o'tmoqchi ekanligini ma'lum qildi.

35 yoshli futbolchi klub bilan dastlabki kelishuvga erishgani aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirdi. O'z navbatida "Nasonal" ushbu xabarni "repost" qildi. 

Shu tariqa, Suares o'zi debyut mavsumni o'tkazgan (2005/06 yilda) klubga qaytadi. 

Shundan so'ng urugvaylik futbolchi Yevropaning "Groningen", "Ayaks", "Liverpul", "Barselona" va "Atletiko" jamoalarida o'ynagan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com