Suares "Atletiko"dan ketish haqida o'ylayapti

19 mar 2021, 21:30
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Luis Suares yozgi transfer oynasida jamoani tark etish haqida o'ylayapti.

"Todofichajes" xabariga ko'ra, 34 yoshli urugvaylik futbolchining jamo ustozi Diego Simeone bilan munosabatlari yomonlashgan. Shu tufayli Suares shartnomadagi banddan foydalanmoqchi. U joriy yozda "matraschilar" tarkibidan ketish huquqiga ega

Ma'lumot uchun, Luis joriy mavsum 24 o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Todofichajes