Suares APL jamoasiga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
11 yanv 2019, 12:12
"Barselona" yarim himoyachisi Denis Suares "Arsenal"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Goal" xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchi mavsum yakuniga qadar Londonda ijarada o'ynaydi.

Biroq kataloniyaliklar futbolchini sotib yuborish istagida. Uning shartnomasi 2020 yilda yakuniga etadi.

Suares "Sevilya"da Unai Emeri bilan ishlagan. U bu mavsumda atigi 2 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal