Suares "Alaves"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
29 avg 2025
Denis Suares "Vilyarreal"dan "Alaves"ga o'tdi.

Vilyarreal klubi 31 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma bekor qilinganligini e'lon qildi. U 2023 yil yozida "Barselona"dan transfer qilingandi.

Bugun Suares "Alaves" bilan 2027 yil yozigacha kelishuvga qo'l qo'ygani ma'lum qilindi.

Denis yangi jamoasidagi bosh murabbiyi Eduardo Koudet bilan "Selta"da birga ishlagan.

Suares o'tgan mavsumda "Vilyarreal"da 25 o'yinda qatnashib, 1tadan gol va assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: deportivoalaves.com