“Barselona” hujumchisi Luis Suares Ispaniya primerosining navbatdagi turida “Vilyareal”ga (4:1) qarshi bahsda raqib darvozasini ishg'ol etdi.
Endilikda urugvaylik 30 yoshli hujumchining hisobida primeroning 95 ta uchrashuvida 83 ta gol mavjud. Bu bilan u Ispaniya chempionatida gol urish borasida “Barsa”ning o'tmishdagi hujumchisi Xristo Stoichkovga yetib oldi (175 uchrashuvda 83 gol).