Students Cup. Andijon davlat universiteti – chempion!

Sherzod Nurmatov
28 may 2022
Talabalar o'rtasidagi musobaqaning hal qiluvchi bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Respublika bosqichi 3-o'rini uchun kurashda Samarqand davlat universitetining SAMDU jamoasi Guliston davlat universitetining GULDU jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etdi va bronza medaliga ega chiqdi. 

Turnir finalida Andijon davlat universitetining ANDU jamoasi Namangan davlat universitetining NAMDU jamoasidan 3:1 hisobida ustun kelib, chempionga aylandi.

Foto: Jahongir Fayzullaev


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar