Stramachchoni "Zenit" murabbiyini o'zining ustozi deb biladi

Tolibjon Qosimov
17 sen 2013, 18:20
O'tgan mavsumda "Inter"ni boshqargan Andrea Stramachchoni "Zenit" bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Luchano Spallettini o'zining ustozi deb bilshini aytib o'tdi.

37 yoshli mutaxassis Spalettiga o'smirlar futbolidan ketish haqida bergan maslahati uchun unga minnatdorchilik bildirdi. Uning bu maslahati Andrea faoliyatida katta burilish yasadi.

"Spaletti men ishini kuzatgan birinchi buyuk murabbiy. "Roma"da u bilan ishlaganimizda men undan ko'p narsalarni o'rganishga urinardim. U har doim yordam berishga tayyor va ko'ngli ochiq bo'lgan. Uning ish uslubi menga juda yaqin edi: maslahatlar, o'tkir g'oyalar. Men undan qarzdorman. O'zaro aloqalarimiz juda yaxshi edi. Hatto hozirgacha ham u bilan qo'ng'iroqlashib turamiz". "O'smirlar o'rtasidagi to'rtinchi chempionatimni yakunlaganimdan so'ng, nimanidir o'zgartirishim vaqti etganini aytgandi. U haq bo'lib qichdi. Chunki shundan keyin mening faoliyatim yaxshi tomonga o'zgarib ketdi", dedi Stramachchoni.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru