"Stok Siti" Krauch bilan kelishuvni uzaytirmoqchi

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2015, 10:19
"Stok Siti" hujumchi Piter Krauch bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Mark Xyuz ma'lum qildi.

"Anchadan beri muzokara olib boryapmiz. Bu biz va futbolchi uchun katta ahamiyatga ega. Shu haftada barchasi aniq bo'ladi deb umid qilaman. Biz yaqin ikki-uch yil yoki uzoqroq vaqt davomida Piter baxtli bo'lishini istaymiz" - deydi Xyuz.

Krauch bu mavsumda Angliya chempionatining 18ta uchrashuvida maydonga tushdi va to'rtta gol urib, 2ta golli pas etkazib berishga ulgurdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com