Stiven Jerrard: Liverpul sovrinlar uchun kurasha oladi

8 sen 2014, 01:23
"Liverpul" jamoasi sardori Stiven Jerard mersisaydliklarni titullar uchun kurashishga kuchi yetishini ta'kidlab o'tdi.

O'tgna mavsumda chempionlikni qo'lga kiritishga yaqin kelgandik. Lekin "Manchester Siti" so'nggi 24 yillikdagi ilk chempionligimizni nishonlashimizga to'sqinlik qildi.

Bizda ayni paytda zo'r jamoa yig'ilgan. To'g'ri, biz qaysidir jihatlar bo'yicha yanada takomillashishimiz kerak. Lekin hozirdanoq sovrin yutishimiz mumkin.

Brendan Rojers "Liverpul"ni ikki mavsumdan buyon boshqarib kelmoqda. Rojers ham chempionlik orzusida ekanligi sir emas.

Brendan Rojers kabi murabbiy bilan faqat oldinga intilging keladi. U juda aqlli murabbiy. Men avvallari Benitez, Kapello, Xojson singari tajribali murabbiylar bilan ishlaganman. Hozirgi murabbiyim ham eng yaxshilaridan biri hisoblanadi.


Manba: sports.ru