Stiven Jerrard jamoasi "Everton" futbolchisini sotib olishga yaqin

Sherzod Nurmatov
7 sen 2023, 10:29
APLning yana bir futbolchisi Saudiya Arabistoniga yo'l oladi.

Saudiya Arvbistonining "Al Ittifoq" klubi vinger Demaray Grey transferi bo'yicha kelishuvga erishdi, deya xabar berdi taniqli insayder Fabricio Romano.

"Everton" bu transfer uchun 10 million evro oladi, futbolchining o'zi esa "Liverpul" afsonasi Stiven Jerrard murabbiylik qilayotgan va "qizillar"ning yana bir taniqli sobiq futbolchisi Jordan Henderson o'ynayotgan klub bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.

Demaray Grey APLda 200 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 16 ta assistga mualliflik qilgan. Angliya elitasida u "Lester" va "Everton"da o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano