Sterling terma jamoa safida ilk bor xet-trik qayd etdi

Angliya terma jamoasi kecha Evro-2020 saralashidan o'rin olgan Chexiyaga qarshi o'yinda javobsiz beshta gol urib g'alaba qozondi.

Gollardan uchtasi “Manchester Siti” futbolchisi Rahim Sterling hisobiga yozildi. Futbolchi 24, 62 va 68-daqiqalarda gol urishga erishdi.

Qayd etish joiz, Sterling faoliyati davomida Angliya terma jamoasi uchun ilk bor xet-trik qayd etdi.


Manba: Championat.asia