Sterling: "Shaxtyor" va hakamdan kechirim so'rayman"

Aslanov Jasurbek
8 noya 2018, 11:17
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterling Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida "Shaxtyor" ustidan qozonilgan g'alabadan (6:0) so'ng, Ukraina klubidan kechirim so'radi.

Hisob 1:0 paytida futbolchi raqib jarima maydonchasida yiqildi va hakam penalti belgiladi.

"To'p bilan ketayotgandim. Keyin nima bo'lganini bilmayman, erga yiqildim. U yerda kontakt bo'ldi deb o'ylamayman, o'z aybim bilan yiqildim. Qoqilib, yiqildim, shunday ekan hakam va "Shaxtyor"dan uzr so'rayman" - deydi Sterling.

Sharmandalik! Sterling mana shunday yiqilgani uchun penalti belgilandi VIDEO

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal