Sterling kelajagi to'g'risida bir qarorga keldi

Aslanov Jasurbek
1 okt 2021, 21:50
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterling klubdagi mavqeidan norozi.

Manbaning xabar berishicha, hozirgi holat futbolchini tashvishga solmoqda. Shunga qaramay, ingliz futbolchisi jamoada o'z o'rniga ega bo'lish uchun astoydil harakat qiladi.

Sterling yana bosh murabbiy Pep Gvardiolaning ajralmas o'yinchisiga  aylanmoqchi. O'yin vaqti oz bo'lishiga qaramay, Sterlingning jismoniy tayyorgarligi joyida.

Ushbu mavsumda 26 yoshli futbolchi APLning 6 o'yinida maydonga tushib, bitta gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph