Sterling Gvardiola bilan kelishmovchiligi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Alisher
15 mar 2021, 09:17
"Manchester Siti" hujumchisi Rahim Sterling bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan munosabatlari yaxshi emasligi va shu sabab asosiy tarkibda ayrim payt o'ynamayotganligi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda qandaydir aqlbovar qilmas mish-mish chiqdi... bu mutlaqo yolg'on. Jamoa bilan katta haftalikni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz.

Xayrli tun, do'stlar", - deb yozdi forvard.

Sterling barcha musobaqalardagi 36ta o'yinda urgan 13ta goli sabab "Siti"da joriy mavsum Gyundogandan so'ng ikkinchi o'rindagi to'purardir.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: theworldgame.sbs.com.au