Sterling: "Gol urish va jamoaga yordam berish doimo yoqimli"

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2015, 08:41
"Liverpul" yarim himoyachisi Rahim Sterling Angliya liga Kubogining yarim finalida o'z jamoasining durang o'yinidan xursandligini ta'kidladi.

"Tanaffus"da juda xafa edik, chunki hisobda orqada ketayotgandik. Ammo o'yinga qaytish kerak edi va biz buni uddalay oldik.To'p bilan yaxshiroq harakat qilishga va bo'sh zonalarni yopishga urindik. Bu harakatlar o'z mevasini berdi. Finalga chiqish uchun "Liverpul"da yaxshi imkoniyat bor. Buning uchun mehmonda yaxshi o'yin ko'rsatish kerak. "Chelsi" bilan bahs oson bo'lmaydi.

Gol urish va jamoaga yordam berish doimo yoqimli. Tanaffus mening foydamga ishladi. Bazida biroz dam olish kerak, buni murabbiy tushundi" - deydi Sterling.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com