

Angliya chempionati 29-turi doirasidagi mazkur bellashuv "shaharliklar" vingeri Raxim Sterling uchun musobaqadagi 250-o'yinga aylandi. Angliya terma jamoasi a'zosi bu natijjani 25 yosh-u 91 kunligida qayd etdi.
Faqat Garet Berri (25 yosh, 37 kun), Jeyms Milner (24 yosh, 293 kun) va Ueyn Runi (24 yosh, 119 kun) Premer-ligadagi 250-o'yinini o'tkazayotganida Sterlingdan yoshroq bo'lgan.



