Stekelenburg va Lennon "Manchester Siti"ga qarshi bahsda "Everton"ga yordam berishga tayyor
Aslanov Jasurbek
14 yanv 2017, 10:36
"Everton" bosh murabbiyi Ronald Kumanning ma'lum qilishicha, darvozabon Marten Stekelenburg, Aaron Lennon va Jeyms Makkarti jarohatidan qutilishdi va ular "Manchester Siti"ga qarshi bahsga tayyor.
"Marten va Jeyms sog'ayishdi. Ular butun hafta davomida jamoa bilan shug'ullanishdi. Ularni asosiy tarkibda tushirish murabbiylar shtabiga bog'liq. Aaron ham bu hafta biz bilan shug'ullana boshladi va maydonga tushishga tayyor" - deydi Kuman.