Stefan de Vrey “Manchester Yunayted” taklifini rad etdi

Aslanov Jasurbek
15 dek 2020
Biroq futbolchi “Inter”da qolmoqchi emas.

“Inter” himoyachisi Stefan de Vrey faoliyatini Italiyaning boshqa bir klubida davom ettirish niyatida. Futbolchi “Inter”ni qishki transferlar oynasi vaqtida tark etishga qaror qilgan. 28 yoshli himoyachi “Manchester Yunayted”ning taklifini Italiyada qolish istagi sabab rad etgan.

De Vrey joriy mavsum A Ceriya doirasida 9 ta o'yinda ishtirok etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FCInterNews