Stanislav Andreev "Metallurg"ga ijaraga berildi

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2018, 18:21
"Paxtakor" himoyachisi Stanislav Andreev faoliyatini "Metallurg" jamoasida ijarada davom ettiradi.

2007 yil "To'palang"dan "Paxtakor" safiga qo'shilgan Andreev 12 yildan buyon jamoamizda faoliyat ko'rsatib kelayotgandi. Bu vaqt davomida u chempionatlarda "Paxtakor" uchun 210 uchrashuvda maydonga tushib, 25 gol muallifiga aylangan. Uch marta O'zbekiston chempioni va ikki bor O'zbekiston Kubogi sohibi bo'lgan. Og'ir jarohat sababli deyarli bir yilni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan Stas endi Bekobod klubida ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishga urinib ko'radi. U yil oxirigacha "Metallurg"da o'ynaydi.

Andreevdan tashqari Sarvar Soliev "Navbahor"ga, Bekzod G'anijonov "Qizilqum"ga, Ibrohim Yo'ldoshev, Roman Jo'raev va Kamron Saidazimov "Metallurg" jamoalariga yil oxiriga qadar ijaraga berildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pakhtakor.uz