"Sporting" Nunesni ikki ingliz klubiga sotmadi

Оқил Абдубарноев
15 iyun 2022
"Sporting" klubi ikki ingliz klubining yarim himoyachi Mateus Nunesni o'z safiga qo'shib olish taklifini rad etdi.

Manbaga ko'ra, Nunesni sotib olish bo'yicha takliflarni "Everton" va "Vulverxempton" klublari bildirgan. Ikkala klub ham 23 yoshli portugaliyalik futbolchini 45 million evroga sotib olishni rejalashtirgandi, ammo “Sporting” o'z futbolchisini 60 milliondan kamiga sotish niyatida emas.

Nunes o'tgan mavsumda Lissabon klubi safida 50 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.

Portugaliyalik o'yinchining "Sporting" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali yarim himoyachini 35 million evroga baholamoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Footmercato