"Sporting" Amorim MYUga ketganidan keyin yangi murabbiy nomini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2024
Lissabonning "Sporting" klubi Joau Pereyrani yangi bosh murabbiy etib tayinladi.

Bungacha mutaxassis klubning ikkinchi jamoasini boshqarib kelayotgandi.

Kecha Ruben Amorim Portugaliya jamoasi boshchiligidagi so'nggi o'yinni o'tkazdi va endi tez orada "Manchester Yunayted"da ish boshlaydi.

Ma'lumot uchun, "Sporting" 11 turdan so'ng Portugaliya chempionatida yetakchilik qilmoqda. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sporting.pt