"Sporting" 2008 yildan beri ilk bor Chempionlar Ligasi pley-offiga chiqdi

Alisher
25 noya 2021, 16:00
"Sporting" Chempionlar Ligasi guruh bosqich 5-turida Dortmundning "Borussiya" (3:1) jamoasini mag'lub etdi.

Jamoa 9 ochko jamg'ardi va 1/8 finalga ikkinchi o'rin bilan chiqdi. Oldinda "Ayaks" (15 ochko).

Jamoa so'nggi bor 2008/09 yilgi mavsum CHL pley-offiga chiqqandi. O'shanda "Sprointg" 12 ochko bilan guruhda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgandi. Oldinda faqat "Barselona" (13 ochko) edi. Lissabon klubi esa "Shaxtyor" va "Bazel"dan ilgarilab ketgan.

"Sporting" o'sha yili o'z ishtirokini 1/8 finalda to'xtatgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia