Sport vaziri ishdan ketdi

Xayrulla Xoliqov
25 iyul 2018
Kun.uz saytining yozishicha, O'zbekiston Jismoniya tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov rahbarlik lavozimini tark etgan.

Ma'lumki, Shoakrom Isroilov avvaliga O'FA vice-prezidenti lavozimida ish boshlab, keyinchalik sport vaziri etib tayinlangandi. Ayni vaqtda uning o'rniga birinchi o'rinbosar Oybek Qosimov vaqtincha vazirlikni boshqarmoqda. 

Eslatib o'tamiz, shu yilning fevral oyida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov o'z lavozimni tark etib, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining sobiq rektori Shoakrom Isroilov uning o'rnini egallagan, mart oyi boshida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning farmoni bilan qo'mita negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilib, Isroilov vazirlikning birinchi rahbari bo'lgandi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: Kun.uz