"Spartak" "Sporting" himoyachisiga qiziqib qoldi

"Sporting"ning o'ng qanot himoyachisi Stefan Ristovski faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin. A Bola xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchiga Moskvaning "Dinamo" va "Spartak" klublari davogarlik qilyapti.

Takidlanishicha, portugal jamoasi Ristovski uchun 2,5 - 3 mln evro atrofida taklif kutyapti. "Dinamo" va "Spartak" rahbariyati ushbu talabdan xabardor. Rossiyada transfer oynasi 17 oktyabrda yopiladi.

Ristovski "Sporting"da 2017 yildan buyon o'ynab kelmoqda. U Lissabon klubi uchun 82 uchrashuvda 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, Stefan Ristovski Shimoliy Makedoniya terma jamoasi safida 52 ta o'yin o'tkazgan.


Manba: A Bola

O'xshash yangiliklar