"Spartak" bosh murabbiyi: "O'runovning imkon qadar tezroq o'ynashiga umid qilaman"

Alisher
13 avg 2020, 18:03
"Spartak" bosh murabbiyi Domeniko Tedesko jamoaning o'zbekistonlik xavbeki Oston O'runov haqida gapirdi.

"O'runov virusga chalingan va uch hafta davomida mashg'ulot bajara olmagan. Ayni damda u jamoa bilan ishlamoqda. Bundan tashqari jismoniy tayyorgarlik bo'yicha qo'shimcha mashqlar qilmoqda.

Jarayon yaxshi ketmoqda. Uning imkon qadar tezroq o'ynashiga umid qilaman", - deydi Tedesko.

Eslatib o'tamiz, "Spartak" ertaga RPL 2-tur doirasida o'z uyida "Axmat"ni qabul qiladi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport24.ru