"Spartak" bosh direktori Arsen Venger bilan uchrashish maqsadida Londonga yo'l oldi

Alisher
17 sen 2019, 17:16
Taniqli fransiyalik murabbiy Arsen Venger "Spartak" murabbiyligi uchun nomzodlardan biridir.

Xabar qilinishicha, "qizil-oqlar" bosh direktori Tomas Corn Venger bilan uchrashish maqsadida Londonga tashrif buyurgan.

Tashrifdan maqsad mutaxassisning Rossiyada ishlashni xohlashi yoki yo'qligi, shuningdek moliyaviy taraflarni o'rganishdan iborat.

Eslatib o'tamiz, Arsen Venger 1996-2018 yillar davomida "Arsenal" bosh murabbiyi sifatida ishlagan.

Murabbiy "Arsenal"dan tashqari "Strasbur", "Kann", "Nansi", "Monako"va "Nagoya Grampus" klublarida ishlagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: СЭ