“Spartak”: “A Seriyada omad, Sasha”

Eldor Akmurzayev
21 yanv 2021
Moskvaliklar jamoa hujumchisi Aleksandr Kokorin “Fiorentina”ga o'tayotganini rasman e'lon qildi.

Avvalroq, Kokorin tez orada tibbiy ko'rikdan o'tib, yangi jamoasi bilan shartnoma imzolashini aytgandi.

“Spartak” va “Fiorentina” Aleksandr Kokorinning transferi masalasida kelishuvga erishdi. A Seriyada omad, Sasha”, deya yozilgan klub xabarida.

29 yoshli hujumchi faoliyati davomida “Spartak”dan tashqari, “Dinamo” (Moskva), “Anji, “Zenit” va “Sochi” kabi klublar sharafini himoya qilgan. U "Fiorentina" bilan 3,5 yillik shartnoma imzolashi aytilmoqda. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: spartak.com