Spalletti: “U menga Vea va van Bastenni eslatmoqda”

Eldor Akmurzayev
7 noya 2021
“Napoli” ustozi Luchano Spalletti shogirdi Viktor Osimxen haqida fikr bildirdi.

“U Veaga o'xshaydi, balki texnika tarafdan unchalik kuchli emasdir, ammo Osimxen o'sha darajadagi futbolchi. U menga van Bastenni ham eslatmoqda. Viktor hali yosh va uning darajasiga ham chiqa oladi”, deydi Spalletti.

22 yoshli nigeriyalik joriy mavsum “Napoli” libosida 12 bahsda qatnashib, 9+2 natijaga erishdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia