Spalletti - Tonali va Dzanoloning termaga chaqirilmagani haqida: "Bu to'g'ri qaror bo'ldi"

Mirjalol Normatov
13 okt 2023, 23:31
Italiya termasi bosh murabbiyi Luchano Spalletti yarim himoyachilar Sandro Tonali va Nikolo Dzanoloning milliy jamoaga chaqirilmagani haqida gapirdi.

Murabbiyning aytishiga ko'ra, futbolchilar qoidalarni buzishgan va shu sababli jazolanishmoqda.

"O'tgan voqeliklarni inobatga olsak, bu to'g'ri qaror bo'ldi. Barcha qilingan ishlarga to'g'ri jazo berilishi kerak", - dedi Spalletti.

Italiya termasining navbatdagi uchrashuvi Yevropa chempionati saralashi doirasida 14 oktyabr kuni Malta termasiga qarshi o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal