Spalletti: "Futbolchilarda pul ko'p, jarimalar ular uchun muammo emas"

Aslanov Jasurbek
27 dek 2018, 11:41
"Inter" bosh murabbiyi Luchano Spalletti yarim himoyachi Raja Naynggolanning "Napoli"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmaganiga izoh berdi.

"Jamoamizda mavsum oldidan o'rnatilgan qoidalar bor. Futbolda bu narsa to'p kabi juda muhim.

Naynggolan faqat bu uchrashuv qaydnomasiga kiritilmaydi, shu bilan birga jarima to'laydi. Futbolchilarda pul ko'p, jarimalar ular uchun muammo emas, chetlatish esa jiddiy ta’sir qiladi. U menga pand bermadi, biroq o'zini yaxshi tuta olmadi" - deydi italiyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia