Spalletti: "Boshqa jamoalar bizdan kuchliroq"

Aslanov Jasurbek
4 fev 2019, 11:28
"Inter" bosh murabbiyi Luchano Spalletti "Bolonya"ga qarshi A Seriyaning 22-tur uchrashuvidagi mag'lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.

"Yigitlar meni eshitishmoqda va ko'rsatmalarimni bajarishmoqda. Ammo maydonda ko'proq harakat qilish kerak. Bu narsa ustunlik beradi. Harakat bilan balans paydo bo'ladi.

Bizga nimadir yetishmayotgani sezilib turibdi. Boshqa jamoalar bizdan kuchliroq. Murabbiy o'zgarishi? Buni rahbariyat muhokama qilishi kerak. Ular hammasini hal qiladi" - deydi Spalletti.

A Seriya turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: inter.it