Spalletti: "Agar "Roma" yana ikki uchrashuvda mag'lub bo'lsa, meni haydab yuborishlari mumkin"

Aslanov Jasurbek
13 mar 2017, 15:49
"Roma" bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriyaning 28-turida "Palermo" ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) so'ng, kelajagi borasidagi savollarga javob berdi.
"Agar "Roma" bilan ikki uchrashuvda mag'lub bo'lsam, meni mavsum yakunlanishidan avval haydab yuborishlari mumkin. Biz so'nggi 6 uchrashuvdan 4 tasida mag'lubiyatga uchradik, sizlar esa yangi shartnoma haqida gapiryapsizlarmi? Futbolda hamma narsa tez o'zgaradi. Agar meni iste'foga chiqarishsa, ular haq bo'ladi. "Roma" - doimo natija talab qilinadigan kuchli klub" - deydi Spalletti.
Oldinroq Spalletti "Yuventus" bilan og'zaki kelishuvga erishgani haqida e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia